Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022-yil 19-fevral kuni soat 22:40 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor koʻchasida, koʻprik ustida haydovchilar:
1) 1998-yilda tugʻilgan S.J. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli;
2) 2001-yilda tugʻilgan K.Q boshqaruvidagi “Spark” rusumli;
3) 2001-yilda tugʻilgan D.A. boshqaruvidagi “Lada Vesta” rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan va zarb oqibatida “Matiz” va “Spark” rusumli avtomobillar agʻdarilgan.
YTH natijasida “Spark” rusumli avtomobilning ikki nafar yoʻlovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Ayni vaqtlarda YPX xodimlari tomonidan hodisa joyida haydovchilar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan yoʻllarda qoidalarga rioya qilib, avtomobil tezligini meʼyordan oshirmasdan harakatlanishlarini soʻraymiz.