Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 212-sonli qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlardagi barcha maktablarda “Yashil chiroq” musobaqasining birinchi bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Musobaqaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- “Yashil chiroq” guruhlari faoliyatini takomillashtirish;
- “Yashil chiroq” guruhlari aʼzolarining bilim va malakalarini oshirish;
- bolalarga koʻcha va yoʻllarda yurish qoidalarini keng targʻib qilishda eng yaxshi ish tajribalarini oʻrganish, toʻldirish va ommalashtirish;
- bolalar ongida “Yoʻl harakati qoidalari”ga qatʼi rioya qilish hissini shakllantirish.